Xitoy yangi virus sabab yovvoyi hayvonlar savdosini taqiqladi

Olam

image

Avvalroq xabar berganimizdek yangi virusning manbasi ilonlar va ko‘rshapalaklar bo‘lishi mumkin.

Xitoy hukumati 2019-nCoV koronavirusi tufayli kelib chiqqan yangi turdagi pnevmoniya tarqalishining oldini olish uchun yovvoyi hayvonlar savdosiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat boshqarmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmonlar va yaylovlar davlat boshqarmasining saytlarida e’lon qilindi.

Bunday qaror mutaxassislar kasallikning kelib chiqish sababi ilonlar va ko‘rshapalaklar bo‘lishi mumkin degan fikrdan keyin qabul qilindi.

"Yovvoyi hayvonlarning har qanday savdosi bozorlarda, supermarketlarda, restoranlarda, shuningdek, elektron tijorat tarmog‘i orqali taqiqlanadi", deyiladi hukumat qabul qilgan hujjatda. 

Shu bilan birga, barcha yovvoyi hayvonlar fermalarida karantin joriy etilgan, shu jumladan ularni tashish va sotish ham taqiqlangan.

"Ushbu qarorni buzgan fermer xo‘jaliklari yopiladi va ularning egalari mehnat guvohnomalari bekor qilinadi. Jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilgan bo‘lsa, jinoyatchilar jinoiy javobgarlikka tortish uchun politsiyaga topshiriladi", deyiladi hujjatda.

Mahalliy hokimiyat organlari ushbu talablarning bajarilishini nazorat qilish vakolatiga ega.

Ma’lumot o‘rnida, 2002-2003 yillarda Xitoyda SARS tarqalishida ham hayvonlar asosiy gumonlanuvchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy yangi virus yovvoyi hayvonlar savdosi

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing