Jirinovskiyga haykal qo‘yildi

Olam

image

Rossiya Liberal-demokratik partiya asoschisi va birinchi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy vafotining bir yilligi munosabati bilan Moskvadagi Novodevichiy qabristonida siyosatchining haykali ochildi. Bu haqda RBK xabar berdi. 

Jirinovskiyning haykali bronzadan ishlangan bo‘lib, to‘liq uzunlikdagi yodgorlikning balandligi poydevor bilan birga 2,75 metrni tashkil qiladi.

Liberal-demokratik partiya asoschisi haykali poydevoriga ikkita yozuv o‘yilgan. Birida “Men har doim ruslarni himoya qilaman”, boshqasida esa “Men bu yerdagi jannatmonand bog‘da yotishni xohlamayman. Bundan ko‘ra odamlarga yordam bergan holda taygaga yarim och holda borishni afzal ko‘raman”, deb yozilgan. 

Yodgorlik siyosatchining qabriga o‘rnatilgan. Uning ochilish tadbirida Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Moliya vaziri Anton Siluanov, Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak, Davlat Dumasi raisining o‘rinbosari Pyotr Tolstoy, Liberal-demokratik partiyasi raisi Leonid Slutskiy, Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Mixail Degtyarevlar ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Jirinovskiy 2022 yilning 6 aprelida 75 yoshida koronavirus infeksiyasidan vafot etgandi. Uni dafn marosimini Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill Najotkor Masih soborida o‘tkazgandi. Prezident Vladimir Putin ham siyosatchi bilan xayrlashish uchun soborga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Jirinovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing