JSST yangi xavfli virus paydo bo‘lishidan ogohlantirdi
Olam
−
30 Oktabr 2021
10652Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus yangi virus paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“Biologik nuqtai nazardan, hech qanday shubha yo‘qki, qachondir boshqa virus paydo bo‘ladi, biz vaziyatni qo‘lga ololmaymiz”, degan u “Katta yigirmatalik” davlatlari Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirlari yig‘ilishida.
JSST rahbarining fikricha, keyingi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun hozirgi pandemiyadan saboq olish kerak.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyatiga “mustahkamlangan” JSST — pandemiyaga qarshi kurashni ta’minlaydigan yangi moliyaviy mexanizm kerak.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha dunyoning har bir mamlakati aholisining kamida 40 foizini emlash maqsadiga “erishish mumkin”, ammo buning uchun davlatlar va kompaniyalar o‘z bayonotlariga muvofiq harakat qilishlari kerak. U maqsadga erishgan davlatlarni, shu jumladan G20 mamlakatlarini xalqaro COVAX mexanizmi va Afrika Avat fondiga ustuvor ahamiyat berishga chaqirgan.
Avvalroq, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus aholini COVID-19 ga qarshi global emlash strategiyasini taqdim etgandi.
Malumot uchun, bugungi kunda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 246 758 614 nafarni, jami o‘limlar soni 5 004 467 ni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi