Bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2023
9527Qoraqalpog‘istonda bir oilaning 5 nafar a’zosi kechasi uyquda is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 15 dekabr kuni soat 11:45 lar chamasida Chimboy tumani, “Keңes” OFY hududida yashovchi fuqaro M.Berdaxovning qo‘shnilari uning o‘zi va 6 nafar oila a’zosining hushsiz yotganligini payqab qolgan.
Shu paytning o‘zidayoq tez tibbiy yordam shifokorlari chaqirilib, tekshirilganida ushbu xonadonda yashagan 1957 yilda tug‘ilgan M.Berdaxov, 1961 yilda tug‘ilgan Z.Mamutova, 1986 yilda tug‘ilgan S.Berdaxova, 2008 yil tug‘ilgan A.Artikbayeva va 2011 yilda tug‘ilgan M.Artikbayevlar vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, 1995 yilda tug‘ilgan T.Oskinbayev, 2000 yilda tug‘ilgan A.Bekmuratovalar og‘ir ahvoldaligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
"Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud bo‘lib, xonadonning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha Chimboy tumani prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
LiveBarchasi