Bir necha futbolchilarimizda gripp alomati bor – Desham

Sport

image

Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasining bir qancha futbolchilari grippga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kecha, 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ma’lum qildi.

Fransiya 14 dekabr kuni Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabo gripp tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi.

“Bir necha futbolchilarimizda gripp alomati bor. Jamoamizda virus tarqalmasligi uchun kerakli ishlarni qilamiz. Juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak”, deydi Desham.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi jurnalistlarning “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzemaning final uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berishdan bosh tortdi. Hujumchi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan, biroq turnir boshlanishidan oldin jarohati sabab jamoani tark etgandi. Benzema "Real Madrid" mashg‘ulotlariga qaytdi. 

“Men bu savolga javob berishni xohlamayman”, deya ta’kidladi “uchranglilar” bosh murabbiyi.

JCH final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi 18 dekabr kuni Argentina bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya JCH2022

Baholaganlar

60

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing