Bir metr yerimizni ham bermaymiz – Japarov

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi voqealar munosabati bilan murojaat e’lon qildi va unda mamlakati bir metr yeridan ham voz kechmasligini ta’kidladi. Murojaat rahbarning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan, deb xabar bermoqda RBK

“Nima bo‘lganda ham, ota-bobolarimizdan meros qolgan bir kvadrat metr yerimizni ham hech kimga bermaymiz. Biz milliy manfaatlarimizni himoya qilamiz”, deb yozgan Japarov.

Prezident chegaradagi vaziyat keskinlashishi chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatilishiga va’da bergan. Japarov operativ ma’lumotlarga tayanib, tojik tomoni “ham katta yo‘qotishlarga uchraganini” ta’kidlagan.

“Qirg‘iz-tojik chegarasini aniqlashtirish masalalari hamon kun tartibida. Muammoni tezroq hal qilishga harakat qilishdan bir daqiqa ham to‘xtamaymiz”, deydi Japarov.

Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashdi. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari shu kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Tojikiston tomoni ham o‘z navbatida chegaradagi keskinlikda Qirg‘izistonni ayblab, qirg‘iz harbiylari avval erishilgan sulhni buzganini aytmoqda. Umumiy hisobda 14 sentyabrdan beri tomonlar uch marta o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi. Ammo kelishuvlar uzoq yashamadi.

16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan ikki davlat rahbarlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon uchrashuv o‘tkazib, chegara masalasida kelishib olgandi.

Tojikiston tomoniga ko‘ra, Qirg‘iziston chegaradagi tojik aholi punktlariga drondan hujum uyushtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

474

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing