“Bir mamlakat, ikkita tizim” tamoyili. Tayvan Pekin chaqiruviga javob berdi
Olam
−
20 may 2020
5578Tayvan rahbariyati Pekin bilan orolning maqomi to‘g‘risida muzokaralar olib borishga tayyor, ammo Gonkongga o‘xshash "bir mamlakat, ikkita tizim" formulasiga binoan mamlakatga qo‘shilishga rozi emas. Bu haqda Tayvan ma’muriyati rahbari Kay Inven ma’lum qilgan.
"Ikkala tomon ham uzoq vaqt birga yashashning yo‘llarini topishga majburdirlar... Biz Pekin rasmiylariga Tayvanni kamsitish uchun "bitta mamlakat, ikkita tizim” formulasidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaymiz", dedi Inven.
Uning ta’kidlashicha, hukumat Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni saqlab qolish sharti bilan Pekin bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi mumkin.
Invenning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi muloqot faqat "tinchlik, tenglik, demokratiya" tamoyili asosida olib boriladi.
“Bir mamlakat, ikkita tizim" tamoyili Pekin tomonidan avtonomiyaning keng darajasini, xususan, mustaqil mahalliy hokimiyatlarga ega bo‘lish imkoniyatini anglatadi.
LiveBarchasi