Bir kunda 100 ga yaqin koronavirus bemori to‘liq tuzaldi – SSV

Jamiyat

image

Bugun, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 13 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 71 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ilk koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni qabul qilgan mazkur klinika jamoasi birdamligi, mahorati va tajribasi bemorlarning sog‘ayishida hal qiluvchi rol o‘ynaganini alohida ta’kidlash lozim.

Quvonarli jihati, bugun mamlakatimizda ayni paytga qadar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soniga nisbatan ushbu kasallikdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi keskin oshib, 96 nafarga yetdi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda, ularning soni shu kungacha 357 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1657 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing