Bir kechada koronavirus bemorlari deyarli 300 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 289 nafarga oshib, 20 820 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 134 nafari Toshkent shahrida, 79 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Buxoro viloyatida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 18 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 11 105 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 598 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 152 nafari og‘ir, 65 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing