“Zam ministr”dan tuman hokimigacha. Biznesmen mansabdorlarga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganiga oid xabarlar tarqalgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ochiq ma’lumotlar asosida o‘tkazgan o‘rganishlari davomida bir qator mansabdor shaxslar tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischi yoki ulushga ega ekani ma’lum bo‘ldi. 

Qayd qilinishicha, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan agentlik tomonidan chora ko‘rilgan. Natijada, quyidagi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyati tugatilgan:

  •  Umid Mamadaminov, Energetika vaziri o‘rinbosari;
  •  Anvar Sayfutdinov, Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi;
  •  Sanobarxon Nosirova, Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi;
  •  Sherali Abdujabborov, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi rahbari;
  •  Abdushukur Sodiqov, Milliy antidoping agentligi rahbari;
  •  Dilshod Sarixo‘jayev, Markaziy bank Axborotlashuv bosh markazi rahbari;
  •  Dilfuza Samandarova, Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi direktori;
  •  Abdulla Azizov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori.

Maqola muallifi

Teglar

hokimiyat mansabdorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing