“Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga”. O‘zbekistonda so‘z erkinligi qay darajada?
Jamiyat
−
03 may 2023
10944“Chegara bilmas reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti So‘z erkinligi indeksining 2023 yilgi reytingini e’lon qildi. Reytingga 180 davlat so‘z erkinligi darajasi bo‘yicha yaxshi, qoniqarli, muammoli, murakkab va juda jiddiy toifalarga bo‘lingan.
O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni o‘tgan yilga nisbatan 4 pog‘onaga pastlab, 133-o‘rindan 137-o‘ringa tushgan. O‘zbekiston global reytingda 45,73 ball to‘plagan. Shu tariqa O‘zbekistonda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayotgani ko‘rsatilgan.
Reyting beshta ko‘rsatkich: siyosiy, iqtisodiy, qonunchilik, ijtimoiy va xavfsizlik bo‘yicha belgilangan.
O‘zbekistonning subko‘rsatkichlari quyidagicha baholangan:
- siyosiy – 45,52 ball (132-o‘rin);
- iqtisodiy – 38,40 ball (132-o‘rin);
- qonunchilik – 52,20 ball (120-o‘rin);
- ijtimoiy – 43,56 ball (147-o‘rin);
- xavfsizlik – 48,98 ball (127-o‘rin).
Reytingda birinchi o‘rinni Norvegiya (95,18 ball) egallagan. Undan keyingi pog‘onalarni Irlandiya (89,91 ball), Daniya (89,48 ball), Shvetsiya (88,15 ball) va Finlyandiya (87.94 ball) band etgan.
Ro‘yxatning quyi o‘rinlarini Shimoliy Koreya (180-o‘rin) Xitoy (179-o‘rin) Vetnam (178-o‘rin) Eron (177-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin), Suriya (175-o‘rin) egallagan. Shuningdek, reytingda AQSH 45-o‘rin, Rossiya 164-o‘rin va Suriya175-o‘rinni qayd etgan.
Qo‘shni davlatlardan Qirg‘iziston ushbu reytingda 49,91 ball bilan 122-o‘rinda, Qozog‘iston 45,87 ball bilan 134-o‘rinda, Tojikiston 39,06 ball bilan 153-o‘rinda, Afg‘oniston 39,75 ball bilan 152-o‘rinda turibdi.
LiveBarchasi