Bir guruh o‘zbekistonliklar Ukraina orqali Rossiyaga noqonuniy kirmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Ukrainaning Lugansk viloyatida Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan besh nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishi taqiqlangani uchun davlat chegarasining o‘tkazish punkti bo‘lmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Chet el fuqarolariga nisbatan Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki noqonuniy kesib o‘tishga urinish (Ukraina Jinoyat kodeksining 204-1-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari ma’muriy javobgarlikka tortilib, majburan Vataniga qaytarib yuboriladi.

Avvalroq AQSH xavfsizlik kuchlari ushba mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 4 nafar o‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing