Bir guruh deputatlar Yo‘ldoshev va Burhonovga “UZAUTOMOTORS” ishi bo‘yicha so‘rov kiritdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari “UZAUTOMOTORS” AJ ustidan O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovga so‘rov kiritdi.

Deputatlar Rasul Kusherboyev, Doniyor G‘aniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eshmurzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligiga huquqiy baho berishi uchun Yo‘ldoshev va Burhonovga xat kiritgan.

“Bir guruh deputatlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan vakolat doirasida “UZAUTOMOTORS” AJda o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha  olingan ma’lumot va hujjatlarda  qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli mazkur masalani alohida o‘rganib, jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan huquqiy baxo berish va vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga deputatlik so‘rovi kiritishdi”, degan Kusherboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifaida.

Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tekshiruvlari natijasida “UZAUTOMOTORS” AJ tomonidan joriy yilning mart oyida avtomobillar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, jamiyatga oshirilgan narxlarda avtomobillarni xarid qilgan xaridorlarga o‘rtasidagi farq bo‘lgan summani qaytarish majburiyati yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev deputat Akmal Burhonov

Baholaganlar

698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made