Bir festivalda 121 ta telefonni o‘g‘irlagan erkak ushlandi
Olam
−
22 avgust
6295Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan musiqa festivali vaqtida bir shaxs mehmonlarning 100 dan ortiq smartfonlarini o‘g‘irlab, Italiyaga olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Syurix-Milan poyezdida bojxonachilar tomonidan 121 ta telefon, jumladan 71 ta iPhone va 29 ta Samsung qurilmalarini olib ketayotgan ruminiyalik erkak aniqlangan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, barcha telefonlar Syurixda 10 avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Street Parade” musiqa festivaliga tashrif buyurgan mehmonlarga tegishli bo‘lgan. Ularni o‘g‘irlagan 40 yoshli erkak voqea joyida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda telefonlarni qonuniy egalariga qaytarish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi