“Tarixdagi eng ahmoq o‘g‘ri”. Erkak ChatGPT ko‘magida bankni o‘mardi

Jamiyat

image

AQSHning Nebraska shtati Omaxa shahrida yashovchi 23 yoshli Deron Lyuis-P. bankni qurolli bosqinchilik bilan to‘nagani uchun 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning fevral oyida erkak qurol bilan bankka bostirib kirgan va kassirlarga to‘pponcha bilan tahdid qilib, 8000 dollardan ortiq pulni o‘margan. Bosqinchi niqobsiz bo‘lgan, kuzatuv kameralari uning yuzini, shuningdek, diqqatni tortadigan alohida belgisi bo‘lgan qizil rangli Nike sandallarini tasvirga olgan. Nazorat kameralariga uning kuzovida uskunalar qutisi va zang izlari bo‘lgan avtomobili ham davlat raqami bilan tushib qolgan.

O‘g‘rilikdan so‘ng Lyuis-P. savdo markaziga borib, yangi kiyim va poyabzal uchun naqd pul bilan to‘lov qilgan. Bu xaridlar ham videokuzatuv kameralariga tushgan va cheklar keyinchalik ish bo‘yicha qo‘shimcha dalilga aylangan.

Qo‘lga olish vaqtida gumonlanuvchi qochishga uringan va o‘g‘irlangan pullarning bir qismini yo‘qotib qo‘ygan. Tintuv davomida politsiya qolgan naqd pullarni, avtomobilni va kiyim-kechaklarning katta qismini, shu jumladan o‘sha qizil sandallarni musodara qilgan.

Prokuratura materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchining telefonida politsiyaning chaqiruvlarga javob berish vaqti, shuningdek, qurol va o‘q-dorilar haqidagi qidiruv so‘rovlari topilgan. Google Maps’dagi harakatlanish tarixi esa to‘nalgan bankka olib boruvchi marshrutni ko‘rsatgan. Bundan tashqari, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Lyuis-P. jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ChatGPT chat-botidan foydalangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning shimoli-sharqidagi Lalique muzeyida yirik o‘g‘irlik sodir etilgandi. Noma’lum shaxslar muzeyga bostirib kirib, qiymati qariyb 4 million yevroga baholanayotgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing