Bill Geyts pandemiyaga aloqasi borligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Olam

image

Microsoft asoschisi Bill Geyts yangi koronavirus pandemiyasiga "aloqadorligi" haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u "Suddeutsche Zeitung" nemis nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

Tadbirkorning ta’kidlashicha, odamlar "oson yechimlar" izlamoqda va ularda pandemiya ortida kimdir turibdi, degan savol tug‘ilmoqda. 

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, uning fondi poliomiyelitga qarshi kurash paytida ham jamoatchilikda vaksinalarga nisbatan ishonchsizlik kuzatilganiga duch kelgan. 

"Bunday noto‘g‘ri tushunchalarga qarshi kurashish uchun nufuzli odamlarga, jamiyat vakillari yoki diniy yetakchilarga murojaat qilish kerak, chunki faqat ular vaksinaning foydasini aholiga tushuntira oladilar", degan Geyts. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi boshidanoq ijtimoiy tarmoqlarda Geytsning pandemiyaga aloqasi borligi haqida gaplar tarqalgan. 

Avvalroq, Bill Geyts koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing