Bill Geyts insoniyatni koronavirusdan yomonroq pandemiya kutayotganini bashorat qildi

Olam

image

Kelajakda dunyo koronavirus pandemiyasidanda ko‘proq o‘lim yoki og‘ir kasalliklarga olib keladigan patogenga duch kelishi mumkin. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts shunday bashorat qildi.

Geytsning aytishicha, yanada yuqumliroq viruslar xavfi saqlanib qolmoqda. U barcha davlatlarni keyingi epidemiyalarga qarshi kurashish uchun milliardlab mablag‘ ajratishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda to‘liq emlanmaslik muammosini hal qilish mas’uliyati boy mamlakatlardagi xayriyachilar va hukumatlarga yuklangan.

Microsoft asoschisi keyingi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun innovatsiyalarni ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa muammolarni hal qilishda foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Milliarder, ular orasida OIV infeksiyasiga qarshi vaksina, shuningdek sil va bezgakka qarshi samaraliroq dori vositalari yaratilishi kerakligini aytib o‘tdi.

Geyts avvalroq, “omicron” shtammi to‘lqini pasayganidan keyin dunyoda koronavirus infeksiyalari soni kamayishini bashorat qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 ning ushbu shtammi bilan kasallanish vaksina olmaganlarda og‘ir kechadi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi hamda Britaniyaning “Welcome Trust” xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda yangi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha xalqaro harakatlar rejasini ishlab chiqqani ma’lum  bo‘lgandi.

AQSHda joylashgan “Novavax“ biotexnologik firmasi esa Microsoft asoschisi Bill Geytsdan koronavirus vaksinasi uchun 388 million dollar olgandi.

Bill koronavirusdan himoyalanish uchun insonlar uch marta emlanishi kerakligi haqida ham fikr bildirgandi. Bundan tashqari, u koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin iqlim tahdidi hamda bioterrorizm insoniyatga zarar yetkazishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing