“Bilayn” xodimi sabab Toshkentning yana bir oilaviy poliklinikasi karantinga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov onlayn brifingda ma’lum qildi

“Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika “Bilayn” kompaniyasida ishlaydigan, karantindagi xodim poliklinikaga kelgani sababli yopilgan.

O‘sha kuni smenada bo‘lgan 11 nafar shifokor Yuqori Chirchiq tumani va O‘rtasaroy aholi yashash punktidagi karantin zonasiga yuborildi. Qolgan xodimlar uy sharoitida karantinga olingan“, deydi Nurmat Otabekov.

Ta’kidlanishicha, 62-sonli oilaviy poliklinikaning karantinga olingan xodimlarining birortasida hozircha koronavirus aniqlanmagan, ular faqatgina kasallangan bilan muloqotda bo‘lgani uchun 14 kun davomida karantin sharoitida tibbiy nazorat ostida bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bilayn“ kompaniyasining 91 nafar xodimi karantinga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing