Beyonsening boyligi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
20 dekabr 2023
14567Beyonse Renaissance World Tour konsert gastroli va shu nomdagi hujjatli filmidan so‘ng milliarder bo‘lish arafasida. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.
Beyonse o‘zining 2022 yilgi albomidan joy olgan “Pure/Honey” qo‘shig‘ida “bunday go‘zallik uchun milliardlar kerak”, deb kuylagan. Bu bejiz emas.
2023 yil qo‘shiqchiga muvaffaqiyatli keldi. 42 yoshli yulduz yangi albomi orqali yaxshigina pul ishlagan. Nashriyotning ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi boyligi 800 million dollarga yetdi. Bir yil ichida yulduzning boyligi qariyb bir yarim baravar oshgan.
Joriy yilning iyun oyida Beyonsening boyligi 540 million dollarga baholangandi. O‘shanda xonanda “Forbes” talqini bo‘yicha Amerikadagi eng badavlat ayollar reytingida 48-o‘rindan joy olgandi.
Shundan so‘ng, Renaissance World Tour konsert gastroli qo‘shiqchiga 579 million dollardan ko‘proq daromad keltirdi va tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan sayohatlar o‘ntaligiga kirdi. Garchi ushbu gastrol safari hafta oxirigacha 27,4 million dollar daromad keltirib, AQSHda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsada, u Sviftning 123,5 mln dollar jamg‘argan “Eras tour” konsertini ortda qoldira olmadi.
Shunga qaramay, Beyonse qo‘shiqlari to‘plamining qiymati oshmoqda. Bugungi kunda ularning narxi qariyb 300 million dollar turadi.
Yulduzning qolgan boyligi esa xonandaning milliarder eri Jey-Zi bilan birga egalik qiladigan aktivlari va u 2010 yilda asos solgan Parkwood Entertainment prodyuserlik kompaniyasidan olgan daromadlari evaziga to‘plangan.
Eslatib o‘tamiz, Teylor Svift “Eras” nomli eng yirik konsert gastroli ortidan 1,1 mlrd dollar ishlab topgandi.
LiveBarchasi