Beterbiyev boksni yomon ko‘rishini aytdi

Sport

image

Boks bo‘yicha yengil vaznda WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev “Match TV”ga bergan intervyusida boksni yoqtirmasligini aytdi. 

“Agar men bu sport turini yaxshi ko‘rganimda, janglarni tomosha qilgan bo‘lardim. Shuning uchun men boksdan ko‘ra qiziqarli film tomosha qilishni afzal ko‘raman”, deydi Beterbiyev. 

Jurnalistning “Odatda jangchilar raqibni obdon o‘rganib chiqib, keyin ringga chiqadi. Bo‘lajak raqibingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib qanday u bilan jang qilasiz?” degan mazmundagi savolini ham sportchi e’tiborsiz qoldirmadi.

“Nega tomosha qilishim kerak? Tanimasam nima qilibdi? Men Muhammad Ali va Mayk Taysonlarni bilaman”, deydi bokschi.

Beterbiyev shu yilning yanvar oyida Entoni Yardni nokautga uchratib, professional faoliyatidagi 19 jangida ham muddatidan oldin g‘alabaga erishgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Boks Artur Beterbiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing