“Besoqolbozlik talabi ortida siyosiy maqsadlar turibdi”. Abror Muxtor Aliy bilan LGBT haqida ochiq suhbat

Intervyu

Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti yaqinda rasmiy Toshkentga mamlakat Jinoyat kodeksidan 120-modda – besoqolbozlikni chiqarib tashlash va jinoiy javobgarlikni bekor qilishni so‘rab murojaat bilan chiqdi. Ushbu masala ayni vaqtda keng jamoatchilik, deputatlar, din vakillari tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xalqaro tashkilotning ushbu talabini bema’nilik deb atab, bu jirkanch holatga ruxsat berilgani millatning o‘lganini anglatishini aytib chiqdi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, blogerlar orasida Kusherboyevga qarshilar ham topildi va xalqaro tashkilotning talabini ma’qulladi. Masalaga esa din vakillari ham qo‘shildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abror Muxtor Aliy ushbu mavzuda QALAMPIR.UZ bilan muloqot qilib, o‘z e’tirozlarini ochiq-oydin bayon etdi. Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 

Eksklyuziv intervyuda Abror Muxtor Aliy quyidagi fikrlarni ilgari surdi:

•    Qadimda bunday odamlar (besoqolbozlar)ga juda og‘ir jazolar berilar edi. Amir Olimxon davrida bunday odamlar qopga solinib, minoradan tashlab yuborilar edi. Hozirga davrda esa ularga millat o‘laroq hech bo‘lmasa vijdoniy javobimizni berishimiz kerak bo‘lib qoldi. Zarurmas edi, ammo hujumga uchradik. 

•    Nima uchun millatning ichiga bu mavzuni olib kirib, trendga chiqarib va trendda turishini ta’minlashyapti? Chunki, hozir o‘zbek millati oyoqqa turish bo‘sag‘asidaligini inkor qilish imkoni qolmadi. U muxolifat bo‘lsin, u ichki yo tashqi kuchlar, xoinlar bo‘lsin, nima desa, o‘sha muammosi hal qilinib, bajarilyapti. So‘z erkinligimi, vijdon erkinligimi, diniy va iqtisodiy islohotlar, xullas nima so‘ralsa, bo‘lyapti. To‘g‘ri, muammolar yetarli. Ularning yechimiga esa radikal urinishlar davom etyapti. Bu esa muxoliflarning tinchligini buzdi. Shuning uchun bunday mavzularni trendga olib chiqishyapti. 

•    Bu jirkanch ma’naviy jinoyatni qilayotganlar o‘zini nasliy kasallikka chalingan sifatida ko‘rsatyapti. Ular bahona qidiryapti. Vaholanki, bu ma’naviy jinoyatni jismoniy irsiy kasallik ekani haqida birorta ilmiy tadqiqot yo‘q. Bu borada manaman degan mutaxassis bilan tortishishga tayyorman. Bu kayfu safoga o‘chlik. Buni genetik kasallik sifatida hech kim e’tirof etolmaydi. Bunday ishlar Lut alayhissalomning qavmida bo‘lgan. Ungacha bunday jirkanchlik tarixda kuzatilmagan. Agar bu bugun aytilayotganidek genetik kasallik bo‘lsa, Lut alayhissalomdan oldingi qavmlarda ham bo‘lishi kerak edi. Bu jinoyatga moyillik, pala-partish hayot, kayfu safo ortidan quvish.

•    Millatimiz jinsiy tarbiyani maktabdan boshlaylik degan firkni inkor etdi. Chunki, ota-onalar bu masalalarni farzandlariga Islom tarbiyasining ichida andisha, sharqona madaniyat va hayo pardasi bilan o‘rgatar edi. Bu hamma bilan muhokama qilinadigan ish emas. 

•    Jamiyatda Islom odobi odamlarni o‘ta sog‘lom muhitda tarbiya qiladi. Buni orqada qolganlik, madaniyatsizlik, qishloqilik kabi taqdim qilayotganlar bizning millatimiz saodatini ko‘zlayotganlar emas.  Bugun bizdan jirkanch maqsadlarini so‘rayotganlar aniq aytamanki, siyosiy maqsaddagi odamlar. Bundan ko‘zlangan maqsad shu: millat parokanda bo‘lsa, axloqi cho‘ksa, odamlari tamomila axloq normalaridan mosuvo bo‘lsa, keyin bu millatni xohlagandek boshqarish mumkin. Chunki bu inson tabiatiga mutlaqo zid va sog‘lom aqlli odamlar buni qabul qilmaydi. Islom tarbiyasi o‘ta madaniy shaklda har zamon, har davrda o‘ta yetuk inson bo‘lishini ta’minlaydi. Yetuk inson har sohada mutlaqo komil bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan bir o‘g‘il bolani oilada ota bo‘ladigan yoki qiz bolani ona bo‘ladigan etib tarbiyalash ham yetuklik. Hozir shu jinoyatga ruxsat bergan jamiyatlarda onalik va otalik maqomi o‘z mavqeini yo‘qotgan. 

•    Menga bir qiz izoh yozdi: bizda mana shunday ishlarga ruxsat berilmagan va shuning uchun ham rivojlanmaganmiz. Qani aytingchi, bu jinoyatga ruxsat berib, kim rivojlandi? Rivojlanishning asl poydevori ta’limda. Biz bu poydevorni to‘g‘ri qo‘ysak, rivojlanaveramiz. Bugun bundaylarga ruxsat bergan mamlakatlar hozirgi kunda jar yoqasida turibdi. Bu inkor qilib bo‘lmaydigan fakt. Nikoh masalada butun dunyo musulmonlarga havas qiladi. Dunyoda eng ko‘p tug‘ilayotgan musulmonlar. 

•    Nimaga faqat musulmon o‘lkalarida urushlar bo‘lyapti? Buning ortida turgan kuchlar boshqa yo‘l bilan musulmonlarni qira olmaydi. Chunki musulmonlarni SPID bilan o‘ldirib yuboray desa, ular zino qilmaydi. Shariatda giyohvandlik harom deyilgan, unga mukkasidan ketmaydi. Musulmonlarni urush orqali bir-biriga qirdirish yo‘li bilan urush o‘choqlarini yasashyapti. Bu juda global masala va besoqolbozlik mavzusidan nega bu mavzuga o‘tyapsiz, deb so‘raganlarga javobim shu: bu masalalar bir-biriga silsilaviy bog‘liq. Bugun bizga LGBT (besoqolbozlik)ni targ‘ib qilayotgan odamlar shu orqali boshqa bosim o‘tkazmaydi, deb kim kafolat beradi? Shu bois rivojlanishni iddao qilib bizning g‘ashimizni keltirishmasin. Pulingiz ko‘p bo‘lsa ham siz bizchalik baxtli bo‘la olmaysiz. 

•    Ular demokratiya, inson huquqlarii ro‘kach qilib, inson erkinligi, matbuot erkinligi ham sehrli so‘zlar bilan bu jinoyatni xalqning ichiga tiqishmoqchi. 


Maqola muallifi

Teglar

Abror Muxtor Aliy

Baholaganlar

723

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing