Yerga beshta yirik asteroid yaqinlashmoqda 

Bu qiziq

image

12 sentyabrgacha Yerga beshta asteroid yaqinlashadi. Bu haqda NASA ma’lumotlariga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Ko‘p qavatli uy kattaligidagi birinchi asteroid 6 sentyabr kuni Yerdan 5,11 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi. Ushbu ob’ektni astronomlar birinchi marta 2021 yilda ko‘rishgan.

Keyingisi 8 sentyabr kuni sayyoramizga 4,08 million kilometr masofada yaqinlashadi. Shu kuni yana bir asteroid Yerga 5,72 million kilometr masofada uchib o‘tishi aytilyapti.

To‘rtinchi asteroid 10 sentyabr kuni sayyoramizga eng yaqin masofa – 2,65 million kilometrgacha yaqinlashishi kutilmoqda. 12 sentyabr kuni esa oxirgi ob’ekt Yerdan 4,1 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

asteroid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing