Beshta sug‘urta tashkiloti jarimaga tortildi
3-sahifa
−
17 avgust
4436Milliy istiqbolli loyihalar agentligi beshta sug‘urta tashkilotini jarimaga tortdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi 5 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jami 117,5 million so‘m miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘lladi:
- “Semurg Insurance” AJ 45,0 mln so‘m
- “O‘zargosug‘urta” AJ 22,5 mln so‘m
- “O‘zbekinvest” EISK” AJ 22,5 mln so‘m
- “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJ 17,5 mln so‘m
- “Global insurance group” AJ 10,0 mln so‘m
Bildirilishicha, mazkur sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi ikkita korxonani jarimaga tortgandi.
LiveBarchasi