Beshik to‘y sabab qaynonasini o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi
3-sahifa
−
18 fevral 10299 2 daqiqa
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida qaynonasiga 14 marta pichoq urib, o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2025 yil kuz oylarida sodir bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi janjal beshik to‘yi o‘tkazish masalasida kelib chiqqan. 64 yoshli qaynona va 25 yoshli kelin o‘rtasida tortishuv kuchayib, ular uyda yolg‘iz qolgan vaqtda janjal davom etgan. Shundan so‘ng kelin o‘z qaynonasiga 14 marotaba pichoq urib o‘ldirgan.
Kelinning sud va tergovdagi ko‘rsatmalariga ko‘ra, u o‘zini himoya qilishga uringan. Sud uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Tergov hujjatlariga ko‘ra, beshik to‘yi o‘tkazish masalasida qaynona va kelin o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.
“Xonamda o‘tirgan paytim qaynonam kirib keldilar. Telefoningni ber menga, dedi. Hozir o‘g‘limga telefon qilib, xiyonat qildi bu senga deb ajrashtirib yuborib, sharmandangni chiqaraman dedi. Men nima qildim oyijon, deb so‘radim. Seni baribir yo‘q qilaman, deb pichoqni qornimga tirab meni urmoqchi bo‘ldi. Men uni mahkam ushlab olib, chap qo‘limni aylantirib o‘tkazib, ularni orqasiga bir marta pichoq urganimni bilaman”, degan kelin sud zalida bergan ko‘rsatmasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida opasiga ishqiy mazmundagi uyatsiz SMS-xabarlar yozgan tanishidan o‘ch olish maqsadida uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi