Beruniy tumani hokimi lavozimidan “uchdi” 

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Atabek Saparbayev 2018 yildan buyon Beruniy tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Atabek Saparbayev 2020 yilda Prezident farmoniga asosan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.

Ma’lum qilinishicha, Nukus shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Saylaubay Usnatdinov ham lavozimidan ozod qilingan. U ushbu lavozimda 2021 yilning 19 yanvaridan beri ishlab kelayotgan edi.

Jo‘qorg‘i Kenges xabarida hokim va soliq inspeksiyasi boshlig‘ining nega lavozimdan olinganiga izoh berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Beruniy tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing