Berlinda otishma: jiddiy jarohatlanganlar bor

Olam

image

Bugun, 26 dekabr tongida Berlinning Kroysberg tumanida otishma yuz berdi. Otishmada 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Berliner Zeitung” gazetasi yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, Berlinning Kroysberg tumanida yuz bergan otishma joyiga politsiya yetib kelgan. Hozirda hodisa yuz bergan hudud o‘rab olingan, politsiya mojaro ishtirokchilarini qidirmoqda.

Ta’kidlanishicha, operatsiyaga vertolyot ham jalb etilgan.

“Bild” gazetasining bergan so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, otishmada yaralanganlar soni 4 taga yetgan. Ulardan 3 nafari og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanuvchilardan biri otishma paytida Landver kanaliga sakragani sabab oyog‘idan yaralangan.

Qurolli hujum Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi ofisining yonida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Berlin otishma

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing