Berdimuhamedov O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda Aripov kutib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bugun, 14 iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 41 yashar Turkmaniston rahbarini Bosh vazir Abdulla Aripov, Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib olgan.

Kutib olish marosimidan so‘ng, Turkmaniston delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

552

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing