Berdimuhamedov hududlarga kuratorlar tayinladi
Olam
−
08 Oktabr 2019
5637Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat viloyatlari va poytaxt kuratorlarini tayinladi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Axal viloyatiga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Chari Ilidjov (bosh vazirning savdo bo‘yicha o‘rinbosari);
Bolqon viloyatiga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bayramgeldi Ovezov (Bosh vazirning transport, aloqa va sanoat bo‘yicha o‘rinbosari);
Toshhovuz viloyatiga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Gochmirat Miradov (Bosh vazirning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari);
Lebap viloyatiga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Myratgeldi Meredov (Bosh vazirning neft va gaz sohasi bo‘yicha o‘rinbosari);
Mari viloyatiga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev (Bosh vazir o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligini boshqaruvchi);
Ashxobod shahriga — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari —Charmirat Purchek tayinlandi.
LiveBarchasi