Benzemaga sud hukmi o‘qildi
Sport
−
24 noyabr 2021
23735Avvalroq, Karim Benzema “Olimpiakos” yarim himoyachisi Mate Valbuenani “shantaj” qilgani o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda shartli ravishda 10 oylik qamoq jazosi va 75 ming yevro miqdorida jarima belgilanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 24 noyabr kuni Versal jinoiy sudi Valbuena va Benzema o‘rtasidagi shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” sardori shaxsiy videolarning tarqalishida jinoyatchilar bilan sheriklik qilishda aybdor, deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, futbolchi o‘z qilmishining jinoiy asosga ega ekanini bilmaganini ta’kidlagan. U shartli ravishda bir yil qamoq va 75 ming yevro jarimaga tortilgan. Bu esa mumkin bo‘lgan maksimal jazo hisoblanadi. Prokuror esa fransiyalik hujumchiga belgilangan qamoq jazosini 10 oylik muddatga almashtirishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda jinoyatchilar guruhi Valbuena ishtirokidagi videolavhani qo‘lga kiritgan va futbolchidan “shantaj” yordamida pul undirishga harakat qilgan edi. Benzema esa o‘sha lavhani jinoyatchilar qo‘liga tushishida vositachilik qilishda ayblangan.
Ma’lumot uchun, ushbu jarayonlar tufayli har ikki futbolchi ham Yevro-2016 uchun terma jamoaga chaqirilmagan. Benzema joriy yildagina “uch ranglilardan chaqiruv oldi. Shu sababli u 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibligidan “quruq qolgan”.
Bugun, 24 noyabr kuni “Real Madrid” safarda Jasurbek Yaxshiboyev to‘p tepayotgan “Sheriff” klubiga qarshi bahs olib boradi.
LiveBarchasi