Benzema yoki Kante – Anri “Oltin to‘p”ga kim munosib ekanini aytdi
Sport
−
16 noyabr 2021 2909 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri 2021 yilgi “Oltin to‘p”ni kim qo‘lga kiritishi kerakligi haqida gapirdi.
Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassis mukofot “Real” hujumchisi Karim Benzema yoki “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kantega topshirilishiga umid qilmoqda.
“Men sovrin Benzema yoki Kantega berilishini istayman. O‘tgan yili marosim bekor qilinmaganida Levandovski “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Jorjino haqida ham gapirish mumkin, chunki u Chempionlar ligasi va Yevro-2020 da g‘olib chiqqan. Biroq Amerika kubogini qo‘lga kiritgan Leo Messini ham unutmaslik kerak”, deydi Anri
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” topshirish marosimi joriy yilning 29 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “France football” nashri mukofotni argentinalik Lionel Messiga topshirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq jurnal bosh muharriri bu ma’lumotni rad etdi.