Benzema Saudiyadan ketmoqchi emas

Sport

image

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi haqidagi so‘nggi xabarlarga izoh berdi.

“Ommaviy axborot vositalari hozirda nima bilan e’tibor tortishni bilmaydi. Saudiyani tark etmoqchiligim mutlaqo yolg‘on”, deydi Benzema. 

Qayd etilishicha, 36 yoshli futbolchining xohishi uning ortiqcha bosimni his qilgani bilan bog‘liq. Benzema o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karim Benzema “Al-Ittihod”ni tark etmoqchiligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing