Benzema Saudiya chempionatida ham gol urishni boshladi
Sport
−
25 avgust 2023 4642 1 daqiqa
“Al-Ittihod” klubining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistoni chempionatidagi ilk golini kiritdi.
Hujumchi chempionatning 3-tur doirasida “Ar-Riyod” bilan o‘yinda (4:0) hisobni ochdi.
“Real”ning sobiq futbolchisi “Al-Ittihod” safida hozirgacha 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yangi klubida futbolchi jami 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
35 yoshli futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, forvard qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr