Benzema mundial startini o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

"Real" hujumchisi Karim Benzema Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati boshlanishiga qadar jarohatidan tuzalmasligi mumkin. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi jarohati sabab "qirollik klubi"ning "Kadis"ga qarshi bo‘lajak o‘yinida ham maydonga tushmaydi. Katta ehtimol bilan Benzema Fransiyaning JCHdagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 

"Uch ranglilar" guruh bosqichining dastlabki o‘yinini 22 noyabr kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

La Liganing joriy mavsumida tajribali hujumchi 7 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Karim Benzema o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, "France football" nashrining "Oltin to‘p" mukofoti bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya Benzema

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing