Benzema faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘lishi mumkin

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining hujumchisi Karim Benzema faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘lishi mumkinligini tan olgan. Bu haqda u “Foot Mercato” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Murabbiy bo‘lish yoki bo‘lmasligimni bilmayman. Oldinda o‘ylab ko‘rish uchun ancha vaqt bor. Har holda, men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Shuning uchun nafaqaga chiqqanimda, balki murabbiy bo‘lishga intilarman”, degan 34 yoshli “Real” hujumchisi.

Avvalroq, Karim Benzema “Sportskeeda” nashri talqiniga ko‘ra, 2022 yil uchun “Oltin to‘p”ga birinchi raqamli da’vogar sifatida e’tirof etilgan. Budan oldin, Angliyaning “Goal” nashri ham fransiyalik hujumchini mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod sifatida  ko‘rsatgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Karim Benzema “Real Madrid” safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 34 yoshli hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.  Benzema Fransiyaning “Olimpik Lion” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “los blankos” safiga 2009 yili 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Benzema

Baholaganlar

6

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing