“Goal” “Oltin to‘p”ga nomzodlarning yangi reytingini e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning nufuzli “Goal” nashri “Oltin to‘p”ga da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchisi Karim Benzema “Oltin to‘p” uchun kurashning yetakchisi bo‘lib turibdi. Fransiyalik futbolchidan keyingi o‘rinni “Liverpul”ning ikki futbolchisi: Sadio Mane va Muhammad Saloh egallab turibdi.

Robert Levandovski deyarli butun mavsum davomida Karim Benzemadan so‘ng “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilgan edi. Biroq yangi reytingda polshalik futbolchi 4-pog‘onada e’tirof etilgan. Bunga uning Yevropa Chempionlar ligasidagi omadsizligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

“Oltin to‘p”ga nomzod eng kuchli o‘nta futbolchi bilan tanishing:

1.  Karim Benzema (“Real Madrid”);

2.  Sadio Mane (“Liverpul”);

3.  Muhammad Saloh (“Liverpul”);

4.  Robert Levandovski (“Bavariya”);

5.  Kilian Mbappe (“PSJ”);

6.  Kevin de  Bryuyne (“Manchester Siti”);

7.  Vinisius Junior (“Real Madrid”);

8.  Luka Modrich (“Real Madrid”);

9.  Fil Foden (“Manchester Siti”);

10.  Trent Aleksandr Arnold (“Liverpul”).

Ma’lumot o‘rnida “Goal”ning reytingidan “Oltin to‘p”ning 7 karra sohibi Lionel Messi va 5 karra dunyoning eng tengsiz futbolchisi Krishtianu Ronaldu joy olmagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

588

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing