Benzema Di Stefanoni quvib o‘tdi. Oldinda Ronaldu va Raul bor

Sport

image

Kecha, 17 aprel kuni Ispaniya chempionati 32-turi doirasida “Real Madrid” “Seviliya” maydoniga safar qildi va 3-2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Bu yutuq orqali madridliklar chempionlik sari yana bir ulkan qadam tashladi.

“Los blankos”ning “Seviliya”ga qarshi o‘yindagi uchinchi goliga Karim Benzema mualliflik qildi. Bu fransiyalik futbolchining "Real Madrid" uchun La Liga doiradsidagi 217 goli bo‘ldi. Shu orqali Benzema “Qirollik” klubi tarixida 216 ta gol bilan La Ligadagi uchinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Alfredo Di Stefanoni ortda qoldirdi.

“Real Madrid”ning Ispaniya chempionatidagi mutlaq to‘purar futbolchisi 311 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. Ikkinchi pog‘onani 228 ta gol kiritgan “qaymoqranglilar”ning afsonaviy hujumchisi Raul egallamoqda. 

Eng qizig‘i, bir paytlar “taxta” deb tanqid qilingan “qiyshiq oyoq” Benzema “Real”ning barcha davrlaridagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar hujumchiga aylanishi mumkin. Sabibi, Karim yana 12 ta gol kiritadigan bo‘lsa, Raulni ortda qoldiradi. Ha, Karim Benzema Madrid jamoasi tarixidan joy egallamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 34 yoshli hujumchi “Real Madrid” safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Benzema ushbu mavsumda gol+pas ko‘rsatkichini 50 tadan oshirgan dunyoning yagona hujumchisidir.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Benzema Stefano

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing