Benzema hamon Saudiyadan ketish qarorini o‘zgartirmayapti

Sport

image

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Benzema va “Al-Ittihod” rahbariyati o‘rtasida tez orada yangi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi va futbolchining kelajagi muhokama qilinadi. Saudiya klubi bilan vaziyat keskinligicha qolmoqda. 

Qayd etilishicha, Benzemaning Yevropaga qaytishi uning maoshi keskin kamayishiga olib keladi.

“Al-Ittihod”  ustozi Marselo Galyardo Benzemani jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlatgani ham futbolchining Saudiyadan ketishiga turtki bo‘lmoqda.

Benzema o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing