Ben-Gvir falastinlik mahbuslarning kiyimlari va Qur’on kitoblarini tortib olishni buyurdi
Olam
−
07 avgust 3193 2 daqiqa
Isroilning o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir mamlakatning Negev qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarning kiyimlari va Qur’on kitobi nusxalarini musodara qilishni buyurdi. Bu haqda “TRT Haber” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ben-Gvir Negev qamoqxonasiga tashrif buyurib, mahbuslarning kiyimlari hamda Qur’on nusxalarini olib qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergan. Shundan so‘ng qamoqxonada falastinliklar foydalanishi mumkin bo‘lgan mushaflar soni keskin kamaygan.
Falastin Mahbuslar media idorasi bayonotida Negev qamoqxonasidagi mahbuslar ahvoli haqida ham ma’lumot berilib, Isroil ma’muriyati falastinliklarga nisbatan oziq-ovqat va gigiyena vositalari bo‘yicha cheklovlarni “jazo chorasi” sifatida davom ettirayotgani qayd etilgan.
Falastin Ozodlik Tashkiloti huzuridagi Mahbuslar va ozod etilganlar ishlari bo‘yicha hay’at 2 avgust kuni Isroil shimolidagi Megiddo qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar ochlik va tibbiy e’tiborsizlikka duch kelayotgani, ularning yashash sharoitlari esa tobora yomonlashayotganini ma’lum qilgan edi.
Falastin va Isroildagi inson huquqlari tashkilotlari hisobotlariga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida ayollar va bolalarni ham o‘z ichiga olgan taxminan 9,5 ming nafar falastinlik mahbus saqlanmoqda. Hisobotlarda mahbuslar ochlik, qiynoqlar va tibbiy e’tiborsizlik kabi og‘ir sharoitlarda yashashga majbur ekani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ishg‘olchi Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir politsiya qo‘riqlovi va ashaddiy yahudiylar hamrohligida ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust