Belousov Putinning yana bir qo‘g‘irchog‘i – Britaniya Mudofaa vaziri

Olam

image

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shapps Rossiya Mudofaa vaziri lavozimiga nomzod Andrey Belousovni Vladimir Putinning navbatdagi qo‘g‘irchog‘i deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntida ma’lum qildi.

"Sergey Shoygu nazorati ostida Putinning 355 mingdan ortiq askarlari yo‘qolgan", deydi Shapps.

Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasining yangi Mudofaa vaziri Vladimir Putinning navbatdagi qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vaziri lavozimida 12 yil ishlab kelgan Sergey Shoygu o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini sobiq bosh vazir o‘rinbosari va iqtisodchi Andrey Belousov egallaydi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, endi Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi va ayni paytda harbiy-sanoat kompleksi komissiyasida Prezident o‘rinbosari bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Grant Shapps Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made