Putin Pasxa munosabati bilan sulh e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qildi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sulh 11 aprel kuni soat 16:00 dan boshlanib, 12 aprel kuni kun oxirigacha davom etadi. Ushbu davrda Rossiya qo‘shinlariga barcha yo‘nalishlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish topshirilgan.

Shu bilan birga, Mudofaa vaziri Andrey Belousov va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Kreml Rossiya tomoni Ukraina ham bu tashabbusga qo‘shilishiga umid qilayotganini bildirgan. Shu bilan birga, harbiylarga ehtimoliy provokatsiyalarga javob qaytarishga tayyor turish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Biroq, Rossiya Vladimir Zelenskiyning so‘zlarida Pasxa bayrami uchun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha aniq shakllantirilgan taklifni ko‘rmagan va sulhni qabul qilmagan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilda pravoslav Pasxa bayrami 12 aprelga to‘g‘ri keladi (g‘arbiy xristianlarda esa 5 aprel kuni nishonlangan).

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Pasxa Andrey Belousov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing