Bellingem mavsum boshida “Real”ni qiynagan asosiy muammoni aytdi

Sport

image

Germaniyalik futbolchi Toni Kroos faoliyatining yakunlangani “Real Madrid” yarim himoyasida qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu haqda klub futbolchisi Jud Bellingem “TNT Sports”ga bergan intervyusida aytdi.

“Biz uchun jamoani qayta qurish biroz qiyin masala. Kroosni yo‘qotish o‘yinimiz ritmi va uslubida juda sezildi. Toni o‘ziga xos futbolchi va uni almashtirib bo‘lmaydi. Biz bu muammoni hal qilishning boshqa yo‘llarini izlashimiz va maydon markazidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishimiz kerak”, deydi Bellingem.

Qayd etish joiz, o‘tgan mavsum yakunlangach, Toni Kroos faoliyatini yakunladi. Germaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda “Real Madrid” safiga kelib qo‘shilgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 464 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol va 98 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Qaymoqranglilar” tarkibida futbolchi 4 marta Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va Yevropa Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 17 sentyabr kuni “Real” 2024/2025 yilgi Yevroa Chempionlar ligasining ilk uchrashuvida Germaniyaning “Shtutgart” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Toni Kroos Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing