Bellingem faoliyatini APLda davom ettirmoqchi

Sport

image

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Liverpul” jamoasiga o‘tishga tayyor. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidan chetda qolish niyatida emas. Angliyalik futbolchi “Liverpul”ga o‘tmoqchi, u klubning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Bellingem o‘zining keyingi klubida uzoq muddat o‘ynab, doimiy Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etmoqchi.

Bellingemning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

19 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda “Borussiya” klubi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” futbolchining qiymatini 110 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Borussiya Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made