Belgrad-2021: Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi aniqlandi

Sport

image

Joriy yilning 24 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi nomi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra 63,5 kg vazn toifasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Endi Kruz Gomes musobaqaning eng yaxshi bokschisiga topshiriladigan “Vel Barker” sovriniga loyiq ko‘rildi. U chorak finalda o‘zbekistonlik Mujibillo Tursunovni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Endi Kruz bunga qadar 2017 yilgi Jahon chempionati finalida Iqboljon Xoldorovni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2019 yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan dunyo birinchiligida ham chempion bo‘lgan edi. Shuningdek, Tokio Olimpiadasida Kruzga teng keladigan raqib topilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kuba terma jamoasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Abdumalik Xalakov kumush, Madiyor Saidrahimov esa bronza medalga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida ushbu sovrin o‘zbekistonlik Xasanboy Do‘smatovga nasib qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Kuba Mujibillo Tursunov Endi Kruz Gomes

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing