Belarusning NATO bilan to‘qnashish ehtimoli oshyapti – Mudofaa vaziri

Olam

image

Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin kelajakda NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli juda aniq bo‘lib borayotganini aytdi. Bu haqda u Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida so‘z ochdi.

"Bugungi kunda barcha niqoblar olib tashlandi. G‘arbning haqiqiy rejalari allaqachon yuqori martabali amaldorlari tomonidan ochiq aytilmoqda", degan Xrenin.

Shu bilan birga, u Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning NATO hozirda Rossiya bilan urush holatida ekani haqidagi bayonotiga ishora qilgan.

"Oltin milliard" mamlakatlari kuch tuzilmalarini keng ko‘lamli urushni boshlashdan saqlaydigan yagona narsa – bu ularning harakatlariga yadroviy javob tahdidi", deydi vazir.

Xreninning so‘zlariga ko‘ra, aynan shuning uchun Belarus o‘z hududiga taktik yadro qurollarining joylashtirilishi NATOni to‘xtatib turishning samarali chorasi deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Rossiyaning taktik yadro qurollari Belarusga joylashtirilishini ma’lum qilgandi. May oyi oxirida Rossiya Belarusga S-400 zenit-raketa komplekslarini yetkazib berdi. Lukashenko Belarusga qarshi tajovuz sodir bo‘lsa, yadro qurolidan ikkilanmay foydalana olishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing