Belarusdan hujum uyushtirilishi xavfi bor – Ukraina Bosh shtabi

Olam

image

Belarus hududidan Ukrainaning muhim infratuzilmasiga raketa va havo hujumlari, jumladan, Eronning uchuvchisiz uchoqlari bilan zarba berish xavfi mavjud. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining bugun, 24 oktyabrdagi xulosasida aytilgan.

Unda qayd etilishicha, oktyabr oyida Belarusda safarbarlik resurslarini tekshirish davom etmoqda. Mahalliy ijro hokimiyati organlari huzurida ishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va aniqlashtirish bo‘yicha maxsus guruhlar tashkil etilgan. Harbiy yoshdagi erkaklarning faoliyat turi, harbiy mutaxassisliklari va oilaviy ahvolini aniqlashtirish davom etmoqda.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Rossiya harbiylari Zaporoje AES ishchilariga jismoniy va ma’naviy bosim o‘tkazib, ularni “Rosatom” bilan shartnoma imzolashga majbur qilayotgani haqida xabar berdi. Stansiya xodimlariga Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududga ham borish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib oldi. Mamlakat fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukrainaning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish ekanini, ammo jarayon boshlanganini iddao qilgan. Shuningdek, u ikki davlatning qo‘shma mintaqaviy guruhi qayerga va nima uchun joylashtirilishiga oydinlik kiritmagan. Biroq 9 mingga yaqin rossiyalik harbiy Belarusga joylashtiriladi, jarayon allaqachon boshlangan.

Bundan oldin esa Ukrainaning Belarusdagi elchisi dabdurustdan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy Kiyev unga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqida nota topshirilgandi. Ammo bunga hech qanday asos keltirilmagan. Ukraina TIV esa bu harakatga munosabat bildirib, bunday iddao hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing