Belarusda prezidentlik saylovining yakuniy natijasi e’lon qilindi
Olam
−
14 avgust 2020 14201 1 daqiqa
Belarus Markaziy saylov komissiyasi 9 avgustda o‘tkazilgan prezidentlik saylovining yakuniy natijasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘gan.
Qolgan nomzodlar Anna Kanopatskaya 1,67 foiz, Andrey Dmitriyev 1,21 foiz, Sergey Cherechen 1,14 foiz ovoz olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 4,59 foiz saylovchi barchaga qarshi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, saylovning dastlabki natijasiga ko‘ra, Lukashenko 80 foiz atrofida ovoz to‘plagani aytilgandi. Buning ortidan esa Minskda namoyishlar boshlandi. Odamlar Lukashenkodan iste’foga chiqishini mtalab qildi. Hukumat namoyishchilarga qarshi OMON bo‘linmasini ishga soldi. Ikki o‘rtada to‘qnauvlar ham bo‘ldi.
Besh kundirki Belarusda namoyishlar tinmayapti. Shu kunlar ichida 7 mingga yaqin odam hibsga olindi. Bunga ayollarning tinch noroziligi ham qo‘shildi. Ular kuch ishlatish va zo‘ravonlikka qarshi ko‘chaga chiqdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr