Belarusdagi namoyishlarda 300 dan ortiq odam hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq Belarus poytaxti Minskda yakshanba namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun 13 dekabr kuni 300 dan ortiq odam huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgani uchun hibsga olingan. Bu haqda Minsk shahar Ijroiya qo‘mitasi ichki ishlar boshqarmasining rasmiy vakili Roman Lashkevich ma’lum qildi.

“300 dan ortiq fuqaro Minsk hududida ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgani uchun Belarus Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23 34-moddasiga binoan, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23 4-moddasiga binoan politsiya xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani uchun hibsga olindi”, deydi Minsk politsiyasining vakili.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Minskning ayrim tumanlarida bir guruh odamlar ko‘chalarga oq-qizil-oq bayroqlar bilan chiqishgan.

Minskdan tashqari, namoyishchilar Zaslavl, Grodno va boshqa shaharlarda ko‘chalarga chiqib, norozilik aksiyalari uyushtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing