Belarusda “Vagner” uchun lager qurilishi boshlandi
Olam
−
27 iyun 2023
13015Belarus ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakatning Mogilyov viloyatida “Vagner” bo‘linmalari uchun lager qurilishi boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, Belarusda bir nechta lager quriladi. Ulardan biri Ukraina bilan chegaradan 200 kilometr uzoqlikda joylashadi. Mazkur lagerning maydoni 24 ming kvadrat/metrni tashkil qiladi. Unga “Vagner”ning 8 ming yollanma askari joylashtirilishi reja qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin 24 iyun kuni shaxsan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning nazorati ostida Ukrainadagi “Vagner” lagerlari orqa qismiga zarba berilganini da’vo qilib, Moskva tomon “adolat marshi”ga otlandi. Biroq, poytaxtga bir necha soatlik yo‘l qolganida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan muzokar o‘tkazib, uni to‘xtashga ko‘ndirdi. Ikki o‘rtada tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Prigojin Belarusga ketadigan bo‘ldi, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu esa iste’foga chiqishi belgilandi. Bundan tashqari “Vagner” askarlarining xavfsizligi ta’minlanishi qayd etildi.
Keyinroq G‘arb matbuotida Prigojin Belarusga ketadigan bo‘lsa, “Vagner”ning yollanma jangchilari ham unga ergashishi va bu holatda uning Belarusdan turib Kiyevga zarba berishi xavfi ortishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.