Suriyadagi lagerdan 20 mingdan ortiq ISHID tarafdori qochib ketdi
Olam
−
17:52 625 1 daqiqa
So‘nggi bir oy ichida Suriyaning Al-Hol lageridan 20 mingdan ortiq mahbus qochib ketgan. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Islomiy davlati” (ISHID) tarafdorlari uchun mo‘ljallangan lager joylashgan hududni nazorat qilgan kurd kuchlari Suriya hukumati xavfsizlik xodimlari tomonidan siqib chiqarilgach, deyarli 24 ming mahbus g‘oyib bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, lager devorlarining darz ketishi oqibatida ushbu qochish rejasi amalga oshirilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, qochgan shaxslar Suriyaning turli hududlariga tarqalib ketgan. Ularning ayrimlari noqonuniy ravishda Iroq va Turkiyaga ham o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin.
Mahbuslarning qochishiga kim yordam bergani hozircha noma’lum. Bu ishda ayrim hukumat amaldorlari yoki ISHID bilan aloqador mahalliy qabila vakillari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi