Belarusda umummilliy ish tashlash boshlanadi – Tixanovskaya

Olam

image

Muxolifat Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb bilgan Svetlana Tixanovskaya mamlakatda 26 oktyabr kuni umummilliy ish tashlash boshlanishini e’lon qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar "Xalq ultimatumi kuni"da odamlarning talablarini bajarmagan. 

"26 oktyabr kuni butun mamlakat bo‘ylab ish tashlash boshlanadi. Belaruslar bu qadamni qo‘yishadi, chunki ularning so‘zlari qonun. Bunda bizning asosiy tinch qurolimiz - hamjihatlik yordam beradi”, degan Tixanovskaya. 

Tixanovskaya nafaqat ishga chiqmaslikka, balki yo‘llarni to‘sishga, davlat do‘konlarida xaridlar amalga oshirmaslikka, davlat xizmatlari va servislaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

Tixanovskaya Belarusdagi namoyishlarda dovdiratuvchi granatalardan foydalanilganini aytmoqda. Uning fikriga ko‘ra, “bu rejim haqiqatni gapirishga, so‘zlari uchun javobgar bo‘lishga va odamlarning talablarini bajarishga tayyor emasligini” anglatadi.

Ma’lumot uchun, kecha, 25 oktyabr kuni "ultimatum" muddati tugagani munosabati bilan Minsk va Belarusning boshqa shaharlarida Prezidentlik saylovlari natijalariga qarshilarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 100 mingdan ortiq odam poytaxt ko‘chalariga chiqdi

Avvalroq Tixanovskaya Belarusning amaldagi rahbariyatiga bir nechta talab qo‘ygandi. Ularga ko‘ra, Prezident Aleksandr Lukashenko iste’foga ketishi, barcha siyosiy mahkumlar ozod qilinishi va kuch tuzilmalari zo‘ravonliklari to‘xtatilishi kerak.

Ushbu talablarni bajarishga 25 oktyabrgacha muhlat berilgan. Tixanovskaya ta’kidlaganidek, agar bu yuz bermasa, 26 oktyabrdan ommaviy ish tashlashlar va yo‘llarning to‘silishi boshlanadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing